0

Dam olish kunlari yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Ob - havoдата: 01.04.2020
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaga Turkmaniston hududidan juda iliq va quruq havo oqimi kiradi. Mamlakatimiz aholisi va mehmonlari juda iliq bahoriy ob-havodan bahramand bo‘ladilar.

Faqat respublikaning shimoliy tumanlarida yakshanba kuni kechga borib ob-havo o‘zgaradi, bulutlar ko‘payib shu joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, bu harorat shu kunning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqori.

Теги: malumoti, kunlik, havo, Ob