Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

BUXORO SHAHRI JAMOAT TRANSPORTIDA YO`L KIRA HAQINI TO`LASH UCHUN MAXSUS JETONLAR JORIY ETILADI

Автор: PerFecTкатегория: Uzb Newsдата: 08-Ноябрь-2016, 21:07

Yagona Davlat interaktiv xizmatlar portalida Buxoro viloyati hokimiyatining Buxoro shahrida yo`lovchi tashuvchi jamoat transporti – avtobuslardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to`g`risida Qarori muhokamaga qo`yildi.

Mazkur hujjatda 1 dekabrdan e`tiboran Buxoro shahrida yo`lovchi tashuvchi jamoat transporti-avtobuslarda yo`lovchilar tomonidan yo`l kira haqini to`lashda plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jetonlar joriy etilishi ko`zda tutilgan. 

Unga ko`ra, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Buxoro viloyati hududiy bo`limi 1 dekabrga qadar "Avto aholi trans servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda Buxoro shahrida yo`lovchi tashuvchi jamoat transporti-avtobuslarda yo`l kira haqini plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida tashkil etish topshirilgan.

"Avto aholi trans servis” MChJ tomonidan maxsus jetonlarni sotib olish uchun "Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining "Toshkent zarbxonasi”ga buyurtma berish hamda jetonlarni sanaydigan maxsus mashina-apparatlarini xarid qilish topshirildi. Mazkur jetonlarni sotilishini tashkil etish uchun shahar hududida maxsus sotuv shaxobchalarini o`rnatish ko`zda tutilgan.

Manba: Darakchi.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги