Bryus Lining o`g`li Brendon Lini otgan aktyor vafot etdi

Mashg`ur "Quzg`un” filmi s`yomkasida hamkasbi, Bryus Lining o`g`li Brendon Lini tasodifan otib qo`ygan Maykl Massi vafot etdi, deb xabar berdi "Gazeta.ru” nashri.

Maykl Massi 61 yoshida vafot etdi. Artistning agenti uning vafot etganligini tasdiqlagan bo`lsa-da, hozircha tafsilotlar oshkor etilmagan. "Quzg`un” filmining s`yomka maydonida jinoyatchilardan birining rolini o`ynayotgan Maykl Massi ssenariy bo`yicha Brendon Liga o`q uzadi. Qurol stvolida qolib ketgan o`qsiz patronning tiqinidan Brendon Li yaralanib, tan jarohati olgan va 1993 yilning 31 martida, 28 yoshda kasalxonada vafot etgan. Bu fojia tufayli Maykl Massi mashhurlikka erishgan. Uning filmografiyasida o`ndan ortiq filmlar bor.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 312 | Добавил: Active | Теги: aktyor, etdi, vafot, Lini, Lining, otgan, ogli, Bryus, Brendon
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться