Britaniya bahorda tanklari va 800 nafar harbiy xizmatchisini Estoniyaga joylashtiradi

Harbiy kuchlarni boshqa joyga ko‘chirish NATO tomonidan ko‘zda tutilgan bir necha manyovrlarning dastlabkisi doirasida amalga oshiriladi.

Britaniya harbiylari 2017 yil bahorida Estoniyaga joylashtiriladi, keyinroq ular safiga Fransiya va Daniya kuchlari ham qo‘shiladi.

Harbiy xizmatchilardan tashqari, Britaniyaning "Chellenjer 2” tanklari va piyoda qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan harbiy mashinalari ham olib kelinadi.

"Bu batalyon mudofaaga yo‘naltiriladi, biroq to‘liq jangovar shay holatda bo‘ladi”, — deya qayd etdi Fellon.

Avvalroq NATOning harbiy yetakchilari 2017-yil may oyiga qadar Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga alyansning 4 ming nafar harbiy xizmatchisini joylashtirish borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgan edi.

Diqqat, diqqat! "Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — "Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Источник: Дарё.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 319 | Добавил: PerFecT | Теги: Britaniya bahorda tanklari va 800 n
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться