Braziliyada koronavirusga qarshi emlanishni rad etganlar jazolanadi
Дата: 20.12.2020, 20:10
Braziliya Oliy sudi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, endilikda koronavirusga qarshi emlashni rad etganlar jazolanishi mumkin. Bu haqda Folha nashri xabar berdi.
Emlashdan bosh tortganlar ma'lum joylarga tashrif buyurishi yoki ba'zi tadbirlarda qatnashishi taqiqlandi.
Shu bilan birga, sud hech kim majburan emlanmasligini ta'kidladi. Ta'kidlanishicha, shaxsning roziligisiz emlash mamlakat konstitutsiyasini buzish hisoblanadi. Ammo Braziliya rasmiylariga emlashdan bosh tortgan fuqarolarga cheklovlar qo'yish imkoniyati berildi.