Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Bolaning o`qishga qiziqishi bo`lmasa...

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 21-Октябрь-2016, 18:07

— O`g`lim birinchi sinfda. Ikkinchi chorak yakuniga etishiga oz qoldi, ammo haligacha o`qishga ko`nikolmaydi. O`qituvchisining aytishicha, u bir nuqtaga beparvo qarab, qo`lida chizgich yoki ruchkani partaga urib o`tiraveradi, dars qilishni istamaydi. Boshim qotgan, nima qilay?

Saida QODIROVA, Toshkent shahri

Mutaxassis: ruhshunos Zebuniso Ahmedova.  

BOLA STRESS HOLATIDA!

Bu vaziyat bolaning ruhiy tushkunlik holatida ekanligini bildiradi. Ya`ni, bola uchun maktab sharoitiga moslashish stressga aylangan. Ayni damda ruhiyati uchun qulay bo`lgani uchun darsda o`zini loqayd, o`qituvchining gapiga befarq qilib ko`rsatadi. Chizgich yoki ruchkani bir maromda urishi uning harakatlarida tajovuzkorlik borligini bildiradi. Ayni damda bolaning ko`ngli nimadandir to`lmayapti. Mazkur holat ko`proq tez-tez xastalanadigan, bosh miya ichki bosimi ko`tarilib turadigan bolalarda yuz beradi. Shuningdek, bolaning maktabga moslashuvi qiyin kechishiga uydagi ruhiy muhit ham sabab bo`ladi.

KO`NGLIGA YO`L TOPING!

Darsda o`qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish mehrga tashna, etarli e`tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o`qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan muosabatda o`zgacha yo`l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo`llab-quvvatlash orqali yo`lga solinadi.  Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Masalan, o`qituvchi bolakayni doskaga chiqarib, uni faqat misol yozishga, ikkinchi o`quvchini esa shu misolni echishga undasin. Lekin oxirida ikkala o`quvchini teng taqdirlab, "bilmasvoy”ingizga ikki xissa ko`proq mehr berishini, yaxshi baho qo`yishini iltimos qiling. Bola bor-yo`g`i misolni doskaga yozgan bo`lishi mumkin, ammo uning darsda qatnashishini ham g`alaba singari nishonlash kerak. Asta-sekin bu usul ish berib, bola loqaydlikdan harakat qilishga, misolni o`zi, mustaqil echishga o`tadi.

MEHR KO`ZDA VA SO`ZDA

Farzandingizni ko`proq bag`ringizga bosing. Kamchiliklarni ko`rsatib, hadeb siltash o`rniga ko`proq boshini silang, qo`l barmoqlarini engil uqalang. Shu yo`l bilan uni o`zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Uxlashidan avval iliq suvda cho`milsa, tinchlanadi. Dars tayyorlash va maktabga borishdan oldin esa, bolaning ko`zlariga qarab, qat`iylik bilan sekin ovozda: "Sen, albatta, uddalaysan, men senga ishonaman, muhimi yolg`iz emassan” deb takrorlang. Bu so`zlarning ruhiy ta`siri juda kuchli: chunki undan oldin tinchlantiruvchi uqalash muolajasi bo`lib o`tdi, endi esa ishonch bilan ruhiyatiga ta`sir o`tkaziladi.

YaNA BIR TAVSIYa...

Ichki olamiga sho`ng`ib ketmasligi uchun o`z tuyg`ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg`ishga yordam beradi.

Oila a`zolari bilan ovozni balandlatmasdan, hurmat bilan gapirish, ko`proq tabassum qilish orqali esa uydagi muhitni yaxshilang. O`zaro suhbat paytida bolaning xato-kamchiliklarini emas, yutuqlarini birma-bir sanab, uni ruhan qo`llab-quvvatlang.

Unutmang, shu bugundan boshlab, farzandingiz loqayd, dangasa emas, u kichik shahzoda! Shahzodalarni kim tarbiyalaydi? Aqlingizga balli, albatta, qirolichalar! Farzandingizni qirolichalardek e`tibor, nazokat va ko`tarinki ruhda tarbiyalangki, hayotda ezgu ishlarga qodir, kuchli inson bo`lib etishsin.

Barno HOJIMIRZAEVA

Manba: Darakchi.uz

Теги: qiziqishi, bolmasa..., Bolaning, oqishga

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги