Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Bola balandlikdan yiqilayotgan 11 oylik ukasini mo``jiza bilan qutqarib qoldi (Video)

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 23-Ноябрь-2016, 14:37

Jajji Eytan yo`rgak stolidan yiqilib tushayotgandi, ammo u 9 yoshli akasi Jozefning g`ayrioddiy reaksiyasi sabab sog`-omon qoldi.

ABC News yozishicha, voqea AQShning Florida shtatidagi uylardan birida sodir bo`lgan. 35 yoshli Tayla Levi kichik o`g`lining tagligini almashtirayotgan vaqtda uni uyga vazifalarini bajarayotgan 6 yoshli Sion ismli o`g`li chalg`itgan. Ona bir soniyaga uni tark etgan zahotiyoq orqasida yotgan Eytan yo`rgak stolidan ag`darilib tushgan. Shu payt Eytanga katta akasi 9 yoshli Jozef yordamga oshiqdi, u qandaydir mo``jiza bilan ukasini poldan bir necha santimetr tepada ushlab qolishga muvaffaq bo`ldi.

Nima bo`lganini anglagan Tayla ikki o`g`lini ham bag`riga bosdi. Uning so`zlariga ko`ra, Eytan sog`-salomat, ammo Jozef bo`lgan voqeadan hayratda va 13,5 kilogramm vaznli ukasini qanday quqtarib qolganini o`zi ham tushunmayapti, ahir boshqa hollarda u ukasini ko`tarishga ham kuchi etmaydi. Taylaning aytishicha, voqea mo``jizadan boshqa narsa emas, ahir bu vaqtda Jozef hatto xonada ham bo`lmagan, u shunchaki ochiq eshik oldidan tasodifan o`tib ketayotgan bo`lgan.

Barcha voqea xonadagi kuzatuv kamerasiga yozib qoldirilgan. Hamma tinchlangach Tayla va uning eri ushbu videoni yuz marta qayta tomosha qilishgan. Jozefni endi butun oila qahramon deb hisoblamoqda. Buvisi va buvasi unga buning uchun sovg`a olib berishmoqchi bo`lishganida, u rad etdi va ukasining omon qolgani uning uchun katta sovg`a ekanligini aytdi.

Tala bu voqeani ko`proq odamlar ko`rishlarini va farzandlarining xavfsizligidan ogoh bo`lishlarini istadi. "Har bir soniya farzandingizning taqdirini hal etishi mumkin”, deydi u.

Manba: Darakchi.uz

Теги: 11, yiqilayotgan, qoldi, BILAN, bola, ukasini, balandlikdan, qutqarib, oylik, mojiza

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги