0

Bilasizmi? O`zbekistonlik futbolchi Gresiya tarkibida Evro-2004 chempioni bo`lgan!

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 15-Ноябрь-2016, 16:43

2014 yili Portugaliyada bo`lib o`tgan Evropa chempionatida Gresiya terma jamoasi chempionlikni qo`lga kiritganidan xabaringiz bor. Ushbu jamoa safida Evro-2004 musobaqasida o`zbekistonlik futbolchi o`ynaganidan xabaringiz bo`lmasa kerak, albatta. "Stadion” nashri u haqida ma`lumot berib o`tdi.

Gresiyalik hujumchi Dimitris Papadopulos O`zbekiston va Qozog`istonda tug`ilgani haqida ma`lumotlar bor. Sports.kz sayti esa ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan gaplashishga muvaffaq bo`ldi. Suhbat davomida Papadopulos aynan O`zbekistonda tug`ilgani ma`lum bo`ldi. 

— Dimitris, ko`p intervyularingizda Qozog`istonda tug`ilganingizni aytgansiz, ammo Vikipediya sizni O`zbekistonda tug`ilganingizni qayd etgan. Qaysi bir to`g`ri?
— Ikki davlat o`rtasida tug`ilganman. Rostdan ham O`zbekiston va Qozog`iston chegarasida tavallud topganman. Men tavallud topgan Gagarin O`zbekiston tomonda edi. Mening ikki singlim va ukam Qozog`istonda tug`ilishgan. Boisi, o`sha paytda oilam Qozog`istonda yashayotgan edi. Buvim va buvam Qozog`iston tarafda istiqomat qilishgan. Shu tariqa, men O`zbekistonda tug`ilganman, ammo Qozog`istonda ulg`aydim desa bo`ladi.

— Oilangiz bilan Gresiyaga ketganingizda necha yoshda bo`lgansiz?
— Etti yoshda edim. 1989 yilda ko`chib ketganmiz. O`rta Osiyoda yashaydigan greklar bilan birgalikda poezdda bir hafta yo`l bosib, Gresiya chegarasiga etib kelgandik.

— Gresiyaga ko`chib o`tguningizga qadar futbol bilan tanishganmisiz?
— Dastlabki futbol sirlarini Gagarinda o`rganganman. U erda ikki yil davomida futbol maktabiga qatnaganman. Etti yoshimda futbol maktabi jamoasida o`ynaganman. Gresiya tomon yo`lga chiqishimizdan bir kun oldin maktablararo musobaqada ishtirok etgandim.

— Otangiz Qozog`iston terma jamoasiga muxlislik qilishi haqida o`qigandim. Shundaymi? Otangiz ham futbol o`ynaganmi?
— Otam «Paxtakor»ga muxlislik qilgan va Vasilis Xadzipanagisning ishqibozi bo`lgan. U futbol o`ynamagan. Avtobus haydovchisi bo`lib ishlagan.

— Faoliyatingiz davomida «Bernli», «Panatinaikos», «Lechche», «Dinamo» (Zagreb), «Selta», PAOK klublari safida o`ynagansiz. Ularning qaysi biridagi faoliyatingizni muvaffaqiyatli deb ayta olasiz?
— Har bir jamoada nimadir yangi narsa o`rganganman. Shubhasiz, «Panatinaikos»dagi faoliyatim eng muvaffaqiyatlisi bo`lgan. Biz «oltin dubl»ga erishganmiz va men ilk marta Gresiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganman. Bu jamoa safida besh yil o`ynadim, jamoa sardori bo`ldim. Eng katta futbol tajribasini esa Angliyaning «Bernli» klubida olganman. O`sha paytda yosh edim va bu klub menga katta hayotiy tajriba bergan.

— Nazarimda, 2004 yil siz uchun eng muvaffaqiyatli mavsum bo`lgan?
— 2004 yil eng unutilmas yil bo`lgan. «Panatinaikos»da «oltin dubl» qayd etdik. Men esa jamoaning eng yaxshi to`purari bo`ldim va yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega bo`ldim. Olimpiya terma jamoasi safida Afinadagi yozgi olimpiadada ishtirok etdim va Evropa chempionatida oltin medallarni qo`lga kiritdim. Portugaliyadagi musobaqa terma jamoa safidagi har bir futbolchi uchun faoliyatidagi eng yuqori cho`qqi bo`lgan.

— Faoliyatingizdagi qaysi golingiz siz uchun unutilmas bo`lgan?
— Men «Olimpiakos» darvozasiga urgan ikkita golimga alohida to`xtalib o`tgan bo`lardim. Birinchisi — 2004 yilda Gresiya kubogi finalida. O`shanda uzoq yillik tanaffusdan keyin nufuzli sovringa ega bo`lgandik. Ikkinchisi — Afina derbisi doirasida «Karaiskakis» stadionida 2007 yilda azaliy raqibimiz darvozasiga urgan golim. O`shanda «Panatinaikos» 10 yil deganda «Olimpiakos» maydonida bo`lib o`tgan derbida g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lgandi. 

— Hozir 35 yoshdasiz. Necha yoshgacha futbol o`ynamoqchisiz?
— O`zimni kuchli va sog`lom his qilyapman. Yuqori saviyada o`ynay olarkanman, maydonga chiqishda davom etaman...

— «Atromitos» — faoliyatingizdagi so`nggi klub bo`ladimi?
— Biror narsa deyish qiyin! Ertaga nima bo`lishini oldindan aytib bo`lmaydi. Ko`ramiz.

Manba: Darakchi.uz

Теги: ozbekistonlik, chempioni, Evro-2004, tarkibida, Bilasizmi?, futbolchi, Gresiya, bolgan!

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги