0

Bemor bolaga zulm o`tkazgan enaganing siri fosh bo`ldi

Автор: Adminкатегория: Dunyo newsдата: 09-Ноябрь-2016, 12:13

AQShlik Tiffani ismli ayol bemor bolasi— Lyukka haftaning juma kuni qarash uchun Lillian Uayt ismli ayolni enagalikka yolladi, ammo oradan ko`p vaqt o`tmay, o`g`lining sog`ligi yomonlashganini sezdi, deb xabar berdi "Nonbox.ru” nashri. 

AQShning Kentukki shtatidagi Leksington shahrida yashovchi Tiffani Filds (Tiffany Fields) to`rt yoshli o`g`li Lyukka qarash uchun uzoq vaqt enaga qidirdi. Chunki bolasi Daun sindromi bilan tug`ilgan bo`lib, yuragi bezovta qilgani sababli doimiy parvarishga muhtoj edi. Tiffaniga Lillian Uayt (Lillian White) ismli ayol ma`qul kelgani sababli uni bolasiga enagalik qilish uchun uyga taklif qildi. Lillianga faqatgina haftaning juma kunlari Lyukka qarash vazifasi yuklatildi. Ammo oradan ko`p o`tmay, bolasidagi o`zgarishlarni ko`rib, uyga videokamera o`rnatishga qaror qildi. Videoga olingan lavhalarni ko`rganda esa, vaziyat u o`ylagandan ham og`irligini tushundi.

Tiffani enaganing polda bolaning oyog`idan sudrab, baqirib haqoratlaganini, taglikni almashtirish uchun ustiga chiqib olganini bazo`r tomosha qildi. Bolaning sog`ligi yaxshi emasligini, o`zini g`alati tutishini, unga bunday munosabatda bo`lish stressga olib kelishini ayol yaxshi anglamagan, ko`rinadi. Bu voqeadan keyin Tiffani enagani ishdan bo`shatdi va unga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun sudga murojaat qildi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Siri, Bemor, enaganing, bolaga, zulm, FOSH, boldi, otkazgan

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги