“Barselona” Lionel Messining sariq kartochkasi bo`yicha apellyasiya bermoqchi

"Barselona”  rahbariyati "Sevilya”ga qarshi kechgan va 2:1 hisobida yakuniga etgan o`yinda Lionel Messiga ko`rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish uchun apellyasiyaga bermoqchi, deb xabar beradi"Chempionat".

Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Santyago Xayme Latre o`yin vaqtini cho`zgani uchun argentinalik hujumchiga sariq kartochka ko`rsatgan edi. 83-daqiqada Messi yiqitildi va uning butsasi echilib ketdi. Hakam «Sevilya» darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi va oradan biroz vaqt o`tgach butsasini kiyishga hayallab qolgan Messiga sariq kartochka ko`rsatdi.

Bu ogohlantirish Messi uchun joriy mavsum Ispaniya chempionatida uchinchisi bo`ldi. Boz ustiga Luis Suares beshinchi bor ogohlantirildi va «Malaga»ga qarshi kechadigan o`yinni o`tkazib yuboradi.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 191 | Добавил: Active | Теги: sariq, Lionel, Messining, boyicha, kartochkasi, apellyasiya, bermoqchi, “Barselona”
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться