Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

“Barselona” himoyachisi Pike xonanda Shakira bilan qanday tanishganini ma`lum qildi

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 15-Октябрь-2016, 17:14

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike qo`shiqchi Shakira bilan qanday tanishgani haqida hikoya qildi.

«JCh—2010 uchun Madridda suratga olinayotgan Waka Waka klipi jarayonida Shakirani ilk bor uchratdim. Keyinroq undan telefon raqamini so`radim, — deb gap boshladi Pike. — U JARga Ispaniya terma jamoasidan oldinroq jo`nab ketdi. Chunki uning ochilish marosimida ishlashi kerak edi».

«Bir necha kundan keyin JARga biz ham etib kelishimizni hisobga olib, undan mahalliy ob-havo haqida so`rab, sms yozdim. Oddiy savol bu. Odatda unga qisqa javob beriladi. Lekin Shakira menga uzundan-uzoq javob yozdi. Temperatura kun davomida qanday o`zgarishi ham e`tibordan chetda qolib ketmadi. Bu esa menga shunchaki emasdek tuyuldi».

«Biz mundial davomida gaplashib turdik. Biroq turnir davomida u bilan ko`risha olmadim. Musobaqa yakunida ko`rishish yana nasib qildi. Avvalroq unga ko`rishish uchun finalga qadar etib borish lozim bo`lsa, men bu ishni qilishim haqida aytgandim», — deb so`zladi Pike TV3 kanali uchun.

Ispaniya terma jamoasi Jahon Chempionati finalida Gollandiyani mag`lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Pikega esa Shakira nasib qildi. Ayni vaqtda bu juftlikning ikki qiz farzandi bor.

Manba: Darakchi.uz

Теги: “Barselona” himoyachisi Pike xonand

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги