“Barselona” himoyachisi Pike klub prezidenti bo`lish istagini bildirdi

"Barselona” jamoasi himoyachisi Jerar Pike kataloniyaliklar prezidenti bo`lish istagini bildirdi. Bu haqda "Championat.com” xabar bermoqda.

"Ha, bu haqiqat – men "Barselona” prezidenti bo`lishni istayman. Faoliyatimni yakunlagach shu yo`lni tanlayman. O`zimni murabbiy sifatida ko`rmayapman. Prezident sifatida esa klubga ko`proq foyda kelitirshim mumkin”, – dedi 29 yoshli futbolchi.

Qayd etish kerakki, "Barselona” nizomiga ko`ra, klub futbolchisi faoliyatini yakunlaganidan so`ng ikki yil o`tib prezidentlikka davogarlik qilishi mumkin. 


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 307 | Добавил: Active | Теги: “Barselona” himoyachisi Pike klub p
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться