Avstraliyalik fotosuratchi kartoshkadan fotoapparat yaratdi

Avstraliyaning Albani shahrida yashovchi havaskor fotosuratchi Kolin Lou (Colin Lowe) kartoshkadan fotoapparat yaratdi va uning suratini o`zining Facebook sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi "Lenta.ru” nashri. 

Gadjetni yaratishda u tomat pastasidan qolgan tunuka bankadan, magnitdan, 35 millimetrli kinotasmaning ikki dona g`altagidan, ozgina izolenta va rezinkadan foydalangan. Louning aytishicha, kartoshka fotoapparat u yaratgan ilk ixtiro emas. Uning kolleksiyasida blenderli va baobab yong`og`idan tayyorlangan kamera ham mavjud.




Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 198 | Добавил: Admin | Теги: kartoshkadan, yaratdi, fotoapparat, fotosuratchi, Avstraliyalik
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться