Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Avgust oyida yo`qolgan amerikalik ayol yuk konteyner ichidan topildi

Автор: Adminкатегория: Dunyo newsдата: 04-Ноябрь-2016, 18:08

Avgust oyida yo`qolgan amerikalik ayol Janubiy Karolina shtatidan, yuk konteynerining ichidan, kishanlangan holda topildi, deb xabar berdi "Ria.ru” nashri. 

Mahalliy telekanallardan birining xabar berishicha, polisiyachilar qishloqlardan birida tekshiruv tadbirlarini o`tkazayotganda, qulf solingan metall yuk konteynerining ichidan kimdir taqillayotganini eshitib qolgan. Yuk konteyneri ochib ko`rilganda, u erda "it kabi” zanjirband qilingan, 30 yoshli Kala Braun topilgan.

Ayol polisiyachilarga ikki oydan beri konteyner ichida, zanjirlangan holda saqlanganligini, yaqin o`rtada yana to`rtta ayolning jasadi ko`milgan bo`lishi mumkinligini ma`lum qilgan. Ayni paytda bu hududda maxsus texnikalar yordamida keng qamrovli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Polisiya mazkur hududning egasi Todd Kolxepp (Todd Kohlhepp)ni hibsga oldi. U ilgari ham zo`ravonlik qilgani tufayli jazolanib, polisiya hisobida turgan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: ichidan, amerikalik, Ayol, konteyner, yoqolgan, oyida, topildi, Avgust, yuk

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги