0

ASKUE hisoblagichlar tilga kirdi(mi?)

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 28.01.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2019 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zapro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshiri chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5761-sonli Farmoniga asosan Respublikamizning deyarli barcha xududlarida zamonaviy hisobga olish uskunalari o‘rnatish va elektr energiyasining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash borasidagi ishlar keng qamrovli tus olmoqda.

Zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim nafaqat elektr energiyasining soatlik iste’moli, balki elektr tarmog‘iga yashirin tarzda ulangan iste’molchilarni aniqlash borasida foydali tizim hisoblanadi.

MIB Buxoro shahar boshqarmasi tomonidan Buxoro shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini “Moxitobon” ko‘chasida o‘tkazilgan xatlov tadbirlari natijasida mazkur ko‘cha 57-uyida istiqomat qiluvchi N. Rustamova xonadonida zamonaviy elektr energiyasining hisobga olish uskunasi o‘rnatilganiga qaramasdan, yashirin tarmoq orqali umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, 56 dona yoritgich, 3 dona konditsioner, 1 dona sovutgich, 1 dona kir yuvish mashinkasi va 1 dona televizorni xonadonda istiqomat qilish jarayonida maishiy maqsadlarda ishlatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi natijasida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 26 722 427 so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Теги: Yurtimizda