0

Asalning biz bilmagan 9 foydali xususiyati

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 30-Сентябрь-2016, 14:11

Mashhur yunon faylasufi Pifagorning aytishicha, uning uzoq umr ko`rishiga muttasil asal iste`mol qilishi   sabab bo`lgan ekan. Yana bir donishmand Demokrit esa bir asrdan ortiq yashagan bo`lib, u umrboqiylik sirini muntazam asal eyish va badanini moy bilan muolaja qilishda, deb bilgan. Qadimiy Misr, Yunoniston, Bobil, Hindiston va Xitoyda bemorlarni asal yordamida davolash urf bo`lgan. Asalning sizga noma`lum bo`lgan ba`zi xususiyatlari bilan quyida tanishasiz.

Qazg`oqdan xalos etadi
Asal zamburug`ga qarshi ta`sir qila oladi. Uni shampunga qo`shib yuborsangiz yoki uni muntazam ravishda boshingiz terisiga sursangiz qazg`oq va bosh qichishishidan xalos bo`lasiz.

Buning uchun 1 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq suv bilan aralashtiring va ushbu aralashmani bosh terisiga 2 daqiqa davomida surtib singdiring. So`ng 2 soatga qoldiring va iliq suv bilan yuvib tashlang. Buni 2 kunda 1 marta takrorlang.

Terini tozalaydi
Uyda tayyorlangan asalli skrab terini juda yaxshi tushiradi, o`lik hujayralarni yo`q qiladi va yuz rangini ochadi.

Buning uchun 2 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq osh sodasi bilan aralashtiring. Terini biroz ho`llab, so`ng aylana harakatlar bilan terini ishqalang. Iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

Chandiqlar bitib ketishida yordam beradi
Asal yaradan qolgan izlarni tuzatadi va teri rangini tiniqlashtiradi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq kokos yoki zaytun yog`i bilan aralashtiring hamda muammoli joyni aylana harakatlar bilan barmoqlaringiz uchi yordamida 1—2 daqiqa davomida massaj qiling. Ustidan issiq sochiqni yopib qo`ying va sovigunicha qoldiring. Har kuni takrorlang.

Husnbuzarlarni davolaydi
Asal tarkibidagi bakteriyalarni o`ldiruvchi va namlantiruvchi komponentlar husnbuzarlarni davolaydi, shamollashga qarshi birikmalar esa qichishish va qizarishlarga barham beradi.

Buning uchun asalni muammoli joylarga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Terini namlantiradi
Asal tabiat in`om etgan ajoyib namlantiruvchi vositadir. U teriga namlik va havo kirishini kuchaytiradi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Kutikulani yumshatishga yordam beradi
Asaldagi ozuqaviy moddalar va fermentlar tirnoq atrofidagi yorilgan, qurib ketgan terini yumshatadi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq tabiiy olma sirkasi va kokos yog`i bilan aralashtiring. Kutikulaga har kuni suring va 10 daqiqaga qoldiring, so`ng yuvib tashlang.

Kuygan joylarni davolaydi
U nafaqat to`qimalar qayta bitib ketishini tezlashtiradi, balki bakteriyalarni o`ldirish orqali infeksiya yuzaga kelishi oldini oladi.

Buning uchun tananing kuygan qismiga yupqa qilib asal suring, u singib ketgach, yana takrorlang.

Allergiyani davolaydi
Asal tarkibida kam miqdorda mavjud bo`lgan gul changi immunitetni kuchaytirib, allergik reaksiyani kamaytiradi. Biroq bunda o`zingiz yashaydigan hududda yig`ilgan asaldan foydalaning.

Buning uchun har kuni 2—3 choy qoshiq asal eb turing.

Yo`talni davolab, tomoqni yumshatadi
Asalning bakteriyalarni o`ldiruvchi, issiqlikni tushiruvchi va shamollashga qarshi xususiyatlari shamollashning ilk belgilari namoyon bo`lganidayoq qo`l keladi.

Buning uchun 1—2 osh qoshiq asalni bitta limon suvi bilan aralashtiring va ichib yuboring, bunda suyuqlikni og`izda biroz vaqt ushlab turing.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Asalning biz bilmagan 9 foydali xus

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги