Asal oyidan qaytgan Farhod Alimov farzandlari bilan ko`rishdi

Rayhon va Farhod Alimovlar 5 noyabr kuni poytaxtdagi "Atlanta” restoranida nikohlari munosabati bilan osh berib, 13 noyabr kuni asal oyini o`tkazish uchun Dubay shahriga jo`nab ketgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Bir necha kun avval Dubaydan qaytgan Farhod Alimov farzandlarini sog`inib, ularning huzuriga oshiqdi, deya xabar beradi Protoday nashri. 

Farhod Alimov farzandlari bilan tushgan suratni Instagramdagi sahifasiga joylab, ularni juda sog`ingani hamda Toshkent bo`ylab sayr qilishganini aytib, xeshteglar qoldirgan.

Farhod Dubayda tushgan suratlari ostiga ham farzandlarini sog`inganligi haqida xeshteglar qo`ygan.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 651 | Добавил: Active | Теги: farzandlari, Asal, korishdi, Alimov, Farhod, oyidan, qaytgan, BILAN
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться