“Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

Rejissor Aziz Rametovning "Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.Avgust oyining birinchi haftasi kinoreytingida "Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning "Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev va Saidpo‘lat Hakimovning "Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning "Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning "Onam bilmasin” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda "Hamroh”, "Bebahoginam”, "Voy dod 2”, "Otash ichra” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan "Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

31-iyul — 6-avgust oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. "Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

2-o‘rin. "Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

3-o‘rin. "Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

4-o‘rin. "Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

5-o‘rin. "Onam bilmasin” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov

Источник: Дарё.уз
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 87 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться