0

«Arsenal»ning sobiq a'zosi Shomurodovni maqtadi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 17.08.2019
Londonning «Arsenal» hamda Rossiya terma jamoasining sobiq a'zosi Andrey Arshavin Rossiya chempionati 2 turi doirasidagi «Rostov» – «Spartak» o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Rostovliklar tarkibida O'zbekiston MTJ forvardi Eldor Shomurodov harakat qiladi. Uning ilk turdagi goli jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shgandi.

«Rostov» – nima qilishni yaxshi biladigan jamoadir. Shomurodov hamda Ionov dueti esa hujumda zo'r ko'rinmoqda. «Spartak» klubiga keladigan bo'lsak, jamoa hali hamon o'z o'yinini topa olmayapti. Shuningdek, tarkibning tanlanishida ham muammolar bor. O'ylashimcha, «Rostov» vakillari «Spartak» klubiga qarshi bahsda g'oliblikka asosiy da'vogar hisoblanadi”, – deya qayd etgan 38 yoshli Arshavin.

Eslatib o'tamiz, «Rostov» – «Spartak» to'qnashuvi ertaga, Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.

Теги: YANGILIKLARI, kunlik, sport