0

Argentinalik o`qituvchi o`quvchilarning e`tiborliroq bo`lishlari uchun noodatiy usul o`ylab topdi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 28-Октябрь-2016, 17:47

Odatda bolalarni darslarga qiziqtirish va ularning e`tiborini to`liq jalb etish murakkab jarayon. Biroq, argentinalik o`qituvchi bu muammoga noodatiy usulda echim topdi, deb yozadi "Adme”. 

O`qituvchi maktab partasiga kuchukchani o`tqazib qo`ydi va o`quvchilarning xulqini butunlay o`zgartirdi. 

"Baxtli” laqabli kuchukcha maktab hovlisiga tez-tez kelib turardi. Shunda o`qituvchi tanaffus vaqtida bolalar urish-janjalni va boshqa ishlarni ham unutib, kuchukcha bilan o`ynayotganini sezib qoldi. Shunda u "Baxtli” laqabli kuchukchani sinfga olib kelishga va uning bolalarga qanday ta`sir ko`rsatishiga qiziqdi.  Ma`lum bo`lishicha, bironta ham dars qoldirmagan kuchukchaning sinfda o`tirishi bee`tibor bolalarning xulqiga ta`sir ko`rsatdi. Ular avvalgiga nisbatan ancha e`tiborliroq bo`lib qoldi. O`quvchilar dars paytida faolroq ishtirok eta boshladi. Endilikda bolalar darslarga bajonidil qatnamoqda va bo`lar-bo`lmas narsalarga urishmaydigan bo`ldi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Argentinalik, oylab, topdi, noodatiy, etiborliroq, usul, UCHUN, oquvchilarning, bolishlari, oqituvchi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги