AQSHga jiddiy xaf yaqinlashmoqda

AQSHning Favqulodda holatlar federal agentligi (The Federal Emergency Management Agency-FEMA) rahbari Bruk Long shanba kuni mamlakatning Florida shtatiga yetib kelishi kutilyotgan "Irma” to‘foni bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda "Nytimes.com” nashri xabar berdi.

Bruk Long "Irma” to‘foni AQSHning Florida shtatidan tashqari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan boshqa shtatlarga ham katta xavf solishi mumkinligini ta'kidladi.

Avvalroq, to‘fonga xavfning eng yuqori beshinchi darajasi berilgan bo‘lsa, hozirda uning xavflilik darajasi to‘rtinchi darajaga tushganligi xabar qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, to‘fon Karib dengizidagi bir qancha orollarga jiddiy talofat yetkazgan va natijada 17 kishi qurbon bo‘lgan.

Источник: Кун.уз
Просмотров: 42 | Добавил: Admin1996
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться