AQSh Putinning "tajovuzkor munosabatda bo‘lishidan" xavfsirab, Kabayevaga qarshi sanksiyalar qo‘llamaydi
Дата: 26.04.2022, 11:02
AQSh Milliy media guruhi direktorlar kengashi raisi Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar paketini tayyorladi, biroq hozircha uni amalga oshirishni kechiktirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Buning sabablaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday harakatni o‘ziga juda yaqin olishi va kelajakda AQSh va ularning ittifoqchilariga qarshi “tajovuzkor munosabatda bo‘lishi” mumkinligidan xavfsirashdir, deydi WSJ nashriga AQSh moliya vazirligi rasmiylaridan biri.
WSJ jurnalistlari, shuningdek, Kabayevaning Putindan uchta farzandi borligini xabar qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Kabayeva 2015 yilda Shveysariyada birinchi farzandini, 2019 yilda esa Moskvada egizaklarni dunyoga keltirgan.