0

AQSh lazer qurolni sinovdan o‘tkazdi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 23.05.2019
AQSh harbiy havo kuchlari lazer quroli prototipini sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda Sof.uz xabar qildi.
Sinov 23 aprelda Nyu-Meksiko shtatidagi “Oq qumlar” poligonida amalga oshirildi.

Qurilma havoda bir nechta raketalarni urib tushirdi.
Lockheed Martin kompaniyasi lazer qurolni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu lazer majmuasidan AQSh qiruvchi samolyotlarining xavfsizligini ta’minlashda, xususan “havo-havo” va “yer-osmon” raketalarni to‘xtatishda foydalaniladi.

Harbiylar mazkur tizimni 2020 yilning ikkinchi yarmida qabul qilishni rejalashtirishmoqda.

Теги: DUNYO