Apple smartfonlari Xitoydan qaytarib olinishi mumkin

Xitoylik foydalanuvchilar iPhone smartfonlari batareya to'liqligi indikatori 50 foizni ko'rsatayotganiga qaramasdan, o'chib qolayotganidan shikoyat qilmoqdalar.  Xitoy iste`molchilar uyushmasi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida bu nosozlik haqidagi xabarlar ko'p emasligiga qaramasdan bu e`tirozlarni qo'llab-quvvatladi. Uyushma smartfonni ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasiga smartfonlarning o'chib qolishi muammosini ko'rib chiqish talab qilingan maktub yo'lladi.Apple bunga javoban uyushma bilan birgalikda mijozlarga yordam berishga tayyorligini bildirgan.Uyushma xorijiy kompaniyalarni o'z mahsulotlarini qaytarib olishga majburlagani bilan nom chiqargan.Xususan, Samsung kompaniyasi Xitoyda sotiluvchi Galaxy Note 7 smartfonlari batareyalarini boshqa ishlab chiqaruvchi tayyorlaganiga ishora qilib, bu smartfonlarni almashtirib berish dasturiga dastlab Xitoyni kiritishni rejalashtirmagandi. Uyushma kotibi o'rinbosari bunga javoban xitoylik xaridorlarga nisbatan ikkilik standartlari siyosati qo'llanayotgani, Samsung ularning xavfsizligini inkor qilayotganini aytgan.   Apple smartfonlari bilan bog'liq hozirgi vaziyat Samsung muammolaridan farq qilsada, uyushma Apple iPhone’ning baland narxi uning sifatiga mos kelmasligi borasida yetarlicha miqdorda xaridorlar shikoyat qilsa, kompaniyaga qarshi borishi mumkin.

Источник: Кун.уз
Категория: Texno | Просмотров: 254 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться