Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar

Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Texno
Apple kompaniyasi o'zining birinchi to'liq o'lchamli naushnigi — AirPods Max’ni taqdim etdi
Apple kompaniyasi o'zining birinchi to'liq o'lchamli naushnigi — AirPods Max’ni taqdim etdi
Дата: 09.12.2020, 19:18

AirPods Max katta naushnik bo'libgina qolmay, u premium sinfiga kiradi. AQShda uning narxi 549 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Katta naushniklar kichkina AirPods’ning barcha funksiyalariga ega bo'lgan — ular boshdan yechilganda yoki taqilganida avtomatik «pauza»ga tushadi yoki o'chadi, iPhone, iPad va Mac’larga tezda ulanadi.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, naushniklar konstruksiyasi shunday ishlanganki, uning har bir detali inson boshining shakliga moslashadi — ortiqcha bosim va noqulaylikni yuzaga keltirmaydi. Naushnikning yuqori qismida alyuminiydan ishlangan va havo o'tkazuvchi mato bilan qoplangan, «ambushyur»lar ham bir-biridan mustaqil buriladi.

Kompaniya naushniklar orqali tovush minimal uzilishlar orqali eshitiladigan diapazonda taqdim etilishini va'da qilgan. Uning ichiga Apple tomonidan yaratilgan drayverlar o'rnatilgan. Shuningdek, naushniklarga faol shovqinni so'ndiruvchi tizim ham ega bo'lib, u «shaffor» rejimida ham ishlay oladi — bu atrofdagilarni eshitish yoki ulardan kelayotgan ovozni to'liq bloklash imkonini beradi.

Naushniklar faqatgina simsiz rejimda, smartfon yoki kompyuterga ulangan holda 20 soatgacha ishlaydi. Quvvatlantirish uchun Lightning razyomidan foydalanilgan.

AirPods Max’ni oldindan buyurtma qilish mumkin, savdolar 15 dekabrdan boshlanadi. Naushniklar besh xil rangda — kul rang, kumushrang, yashil, ko'k va qizil ranglarda sotuvga chiqadi.

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: iPhone, texnalogiyalar, Yangilik, navushnik | Ko'rildi: 30
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты