Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Apple hodimi iPhone 8 ustida ishlanayotganidan habardor qildi

Автор: Activeкатегория: Texnoдата: 29-Сентябрь-2016, 01:21
Business Insider nashri Apple’ning Isroildagi ofisidagi hodimdan kompaniyaning keyingi flagman smartfoni iPhone 8 nomini olishini bildi. O'rtada iPhone 7s’ning o'tkazib yuborilishiga smartfon dizaynining keskin o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin: kompaniya displey atrofidagi ramkalarni ishlatmoqchi emas.Kompaniyaning Gertsliyadagi idorasi yonida gaplashishga muvaffaq bo'lingan hodimning aytishicha, ayfonlarning keyingi avlodi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Hodimning hamkasblari iPhone 8 ustida ishlashmoqda. Hodimning o'zi nashrning tegishli savolisiz bu nomni o'zi eslab o'tgan.Kompaniyaning bu idorasi nima bilan shug'ullanishi suhbat chog'ida aniqlashtirilmadi, idoradagi qo'riqchi esa jurnalistlarni haydab yuborgan. Yaqin orada joylashgan Cisco kompaniyasida ishlovchi va Apple’ning uch hodimi bilan tanish bo'lgan kimsaning aytishicha, Gertsliyadagi idora smartfonning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.9to5Mac ma`lumotlariga ko'ra, Isroildagi ofis 2015 yilda ochilgan va u Yerda 800 kishi ishlaydi. Bu ofisda qandaydir chiplar ishlab chiqarish bilan shug'ullanishadi. Nashr mualliflari fikricha, Isroildagi ofis hodimlari keyingi ayfon qanday nomlanishini bilishlari mumkin emas.Ba`zi manbalarga ko'ra, yangi ayfonning korpusi to'liq shishadan tayyorlanadi, ekrani esa ramkasiz bo'ladi. Barmoqlar izi datchigi, dinamik va old kamera qandaydir usul bilan displeyga sezilmaydigan qilib o'rnatiladi.Ohirgi yillarda  kompaniya har sentyabr' oyi yangi avlod ayfonlarini taqdim qilib kelmoqda. An`anaga ko'ra, «s» qo'shimchasi bo'lgan modellar oraliq modellar bo'lib, ularda keskin tashqi o'zgarishlar bo'lmaydi, balki smartfon samaradorligi oshirilgan bo'ladi. Joriy sentyabrda kompaniya iPhone 7 va iPhone 7 Plus’ni taqdim qilgandi
Manba: Kun.uz

Теги: Apple hodimi iPhone 8 ustida ishlan

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги