ANTONIO KONTE “ChELSI”NI TANQID QILDI

Londonning "Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte klubning poydevori yo`q ekanini aytdi. Uning gaplari tanqid sifatida qabul qilindi.

"Ayni damda "Chelsi”da kuchli poydevor yo`q. Buning uchun esa vaqt kerak. "Chelsi” ishlashda davom etishi va kuchayishi lozim. Shuning uchun ham joriy mavsum biz uchun juda qiyin bo`lishini aytgandim.

Terri, Mikel, Ivanovich, Drogba kabi futbolchilar klub poydevori bo`lib turgandi. Endi esa ular yo`q. So`nggi yillarda klubdan kuchli futbolchilar ketdi. Endi yangi poydevor qurish kerak”, – deydi italiyalik mutaxassis.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 56 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться