Andres Inesta og`ir jarohat oldi (Foto)

"Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta"Valensiya”ga qarshi (3:2) kechgan Ispaniya chempionati 9-turida jiddiy jarohat oldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, "Valensiya” xavbeki Enso Peres o`yinning 11-daqiqasida ispaniyalik futbolchi bilan to`qnashib, uning tizzasiga og`ir shikast etkazgan. Inesta maxsus zambilda olib chiqildi va qachon safga qaytishi noma`lum.

Jarohat olgan Inesta o`rniga 14-daqiqada zaxiradan Ivan Rakitich maydonga tushirildi.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 199 | Добавил: Active | Теги: Inesta, OLDI, Andres, ogir, (FOTO), jarohat
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться