Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Andre Villash-Boash murabbiysiz qolgan “Volfsburg”ni boshqarishi mumkin

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 19-Октябрь-2016, 16:52

Avval xabar berganimizdek, "Volfsburg” jamoasi rahbariyati klub bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Diter Xenningni qoniqarsiz natijalar tufayli iste`foga chiqargandi.

"iSport.ua” nashrining xabar qilishicha, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash "Volfsburg”ni boshqarishi mumkin. Villash-Boash ayni damda nemis tilini o`rganmoqda. Mutaxassis nemis tili darsliklari tushirilgan suratni "Instagram” sahifasiga yukladi.

Eslatib o`tamiz, hozirda "Volfsburg” yoshlar jamoasi ustozi Valeren Ismael vaqtincha asosiy jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajarib turibdi.

Ma`lumot uchun, "Volfsburg” Germaniya chempionati 7-turidan keyin atigi 6 ochko bilan 14-o`rinda bormoqda.

Manba: Darakchi.uz

Теги: boshqarishi, Villash-Boash, andre, qolgan, “Volfsburg”ni, mumkin, murabbiysiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги