ANA XOLOS! RONALDU 5 O`YINGA DISKVALIFIKASIYa QILINDI

Ispaniya qirollik Futbol Federasiyasi Madridning "Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni kecha bo`lib o`tgan "Barselona”ga qarshi bahsda hakamga nisbatan qilgan xatti-harakati uchun 5 ta o`yinga chetlatdi.

Ma`lumot uchun, Ronalduni 82-daqiqada uchrashuv bosh hakami Rikardo Bengoechea chetlatganidan so`ng, portugaliyalik futbolchi hakamga tegingan edi.

Eslatib o`tamiz, Ispaniya Superkubogi uchun ilk bahs "Real" 3:1 hisobida "Barselona"ni engdi. Javob o`yini Madrid shahrida bo`lib o`tadi.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 118 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться