Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Foydali bo'lim
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Qo`shiqlar Matni
Alisher Zokirov - To'y Kechasi (Qo'shiq Matni)
Дата: 20.05.2017, 20:57

Gul shoxiga chiqma, hilol, 
Guldak yuzing tirnalmasin! 
Yodga tushsam, surma xayol, 
Yorim, joning qiynalmasin! 

Seni kutar tillo ayvon, 
Bor yangi yor go‘shasiga! 
Sen kelmading, men, notavon, 
Kirdim ko‘ngil ko‘chasiga! 

Yolg‘onchi yor, yot yonida 
Seni ko‘rib, to‘lg‘onmadim! 
To‘y kechasi to‘yxonada 
Gulxan yondi, men yonmadim! 
O‘shal kecha, qaro tunda 
Gulxan yondi, men yonmadim! 

Oysiz tunlar titrar hayron, 
Qo‘llaringdan tutganim yo‘q! 
Kezganim yo‘q sen-la chorbog‘, 
Gul yuzingdan o‘pganim yo‘q! 

Momolar haq: sevgi ertak, 
Kim murodga, sevib, yetdi? 
Sen uyingga bor, kelinchak, 
Mening uyim kuyib ketdi! 

Yolg‘onchi yor, yot yonida 
Seni ko‘rib, to‘lg‘onmadim! 
To‘y kechasi to‘yxonada 
Gulxan yondi, men yonmadim! 
O‘shal kecha qaro tunda 
Gulxan yondi, men yonmadim!

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: (Qo'shiq, Zokirov, kechasi, To'y, Alisher, matni) | Ko'rildi: 1602
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика
Всего на сайте: 7
Гостей: 7
Пользователи: 0