Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Shou-Biznes
Aktyor bo‘lishni xohlamagan hamda 40 yoshida aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi. Ranbir Kapur haqida nimalarni bilamiz?
Aktyor bo‘lishni xohlamagan hamda 40 yoshida aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi. Ranbir Kapur haqida nimalarni bilamiz?
Дата: 26.04.2022, 11:10

2022-yil 14-aprel kuni Kapurlar oilasi xonadonida to‘y sadolari yangradi – afsonaviy Raj Kapurning nabirasi va Rishi Kapurning o‘g‘li – Ranbir nihoyat aktrisa Aliya Bhatt bilan turmush qurdi. Bollywoodtime nashri hind kinosining eng ko‘rkam aktyorlaridan birining hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ranbir Kapur 1982-yil 28-sentabrda Mumbayda aktyorlar Rishi Kapur va Nitu Singx oilasida tug‘ilgan. Bugungi kunda u hind kinosida eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Ammo Ranbirning aytishicha, u hech qachon aktyor bo‘lishni xohlamagan.

Nima bo‘lganda ham, Kapurlar va aktyorlik ajralmas tushunchalardir. O‘smirlik davrida Ranbir amakisi Rajiv Kapurning “Muhabbat kitobi” (1996) dramasida rejissor yordamchisi sifatida ishlay boshladi va keyinchalik Sanjay Lila Bhansalidan tajriba orttirib, unga “Zulmat” filmini suratga olishda yordam berdi. Ushbu film Bhansali va Ranbir Kapurning Bollivudga yo‘lboshchisi bo‘ldi va u “Ma’shuqam” (2007) debyut filmida suratga tushdi.

Afsuski, mazkur romantik melodrama tijoriy muvaffaqiyatga erishmadi, lekin Ranbir yilning “Eng yaxshi yangi aktyori” Filmfare mukofoti va Stardust’ning “Ertangi kunning super yulduzi” unvonini qo‘lga kiritdi. Vaqt o‘tishi bilan Kapur haqiqatan ham “Uyg‘on, Sid!”, “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi”, “Siyosatchilar”, “Rok yulduzi”, “Yurak masalalari”, “Sanju” kabi filmlarda o‘ynagan eng istiqbolli aktyorlardan biriga aylandi.

Shaxsiy masalada buyuk sulolaning vorisi doimo beqaror edi. U ko‘ngil qo‘ygan ayollar tez-tez o‘zgarardi. Aktyor intervyularning birida bu masalada ochiq gapirdi va ota-onasining nikohi unga munosabatlar qanchalik qiyin bo‘lishini o‘rgatganini aytib o‘tdi. Balki shuning uchun ham u qariyb 40 yoshgacha Hindistondagi eng mashhur bo‘ydoqlardan biri hisoblangan.

Otasi Rishi Kapur ham o‘g‘lining o‘smirlik davrida u bilan munosabatlari og‘ir bo‘lganini yashirmagan. Ranbir har doim onasi Nitu Singx bilan yaqin bo‘lgan va otasi bilan munosabatlari esa unchalik ham yaxshi emasdi. U 15 yoshida giyohvand moddalarni qabul qila boshlaganini yashirmaydi. Qolaversa, o‘qishni yoqtirmas, shuning uchun ham Ranbir tez-tez maktab bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Faqat ulg‘aygandan keyingina otasi bilan til topishdi va munosabatlarini yaxshiladi.

Ranbirning so‘zlariga ko‘ra, birinchi jiddiy munosabatlar yettinchi sinfda boshlangan va u tugagach, bo‘lajak aktyor depressiyadan aziyat chekkan. 2008-yilda “Ogoh bo‘ling, go‘zallar!” filmini suratga olish jarayonida Kapur o‘zining hamkasbi Dipika Padukone bilan uchrashishni boshladi. Biroq bir yil o‘tgach, u Katrina Kaif bilan “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi” filmini suratga olish paytida Dipikaga xiyonat qildi. Keyinroq Kapur shunday dedi: “Ha, Dipika bilan men noyetuklik, tajribasizlik, yuraksizlik va vasvasaga berilib ketganim uchun ajrashdik”.

Biroq Dipika va Ranbir do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va hatto bir nechta loyihalarda birgalikda ishladi. Ammo Ranbir Katrina bilan 7 yil mobaynida uchrashdi, lekin aktyor yana boshqa aktrisalar bilan ishqiy munosabatlarni boshladi, ulardan biri Ranbirni bolaligidan boshlab sevib qolgan Aliya Bhatt edi.

Aytish joizki, Aliya Ranbirdan 11 yosh kichik. Hozirda juftlik 2022-yilning kuzida taqdimotga tayyorlanayotgan “Brahmastra” loyihasi ustida ishlamoqda.

Ranbir aktyorlikdan tashqari musiqani ham yaxshi ko‘radi. U bolaligidan tabla va nog‘ora chalishni o‘rgangan va “Rok yulduzi” (2011) filmiga suratga tushishdan oldin Jordan roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun gitara saboqlarini olgan. U bu cholg‘u asbobiga shunchalik mehr qo‘yganki, uni hamma joyda o‘zi bilan olib yurgan va har bir bo‘sh daqiqada chalgan.

Ranbir futbolni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha o‘zi ham o‘ynaydi. Kapur hozirgi avlodning eng kelishgan hind aktyorlaridan biri hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha u har yili The Times of India tomonidan “Hindistondagi eng kelishgan erkaklari” 10 taligidan joy oldi. Shuningdek, Ranbir — Pepsi, Panasonic, Renault India, Lenovo va boshqa dunyoga mashhur brendlarning yuzi. U oltita Filmfare mukofoti sovrindori va uni oldinda ikkita juda katta loyiha kutmoqda: “Shamshera” va “Brahmastra”.

“Men nafaqaga chiqqanimda, katta ehtimol bilan futbol murabbiyi bo‘laman”, — deydi Ranbir.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 39
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 15
Гостей: 15
Пользователи: 0