Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Abdulla Oripov seshanba kuni Toshkentda dafn etiladi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 07-Ноябрь-2016, 18:02

2016-yil 5-noyabrga o`tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O`zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og`ir kasallikdan so`ng 75 yoshida vafot etdi.

Marhumning jasadini O`zbekistonga olib kelishga va o`z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a‘zolariga yordam berish uchun O`zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko`rish to`g`risida ko`rsatma berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Shoir Muhammad Ismoilning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, marhumning jasadi ortilgan samolyot

Amerikadan bugun soat 20:00 da etib keladi. Abdulla Oripov 8 noyabr, seshanba kuni peshinda poytaxtdagi Chig`atoy qabristoniga dafn etiladi. 

"Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.

Manba: Darakchi.uz

Теги: etiladi, TOShKENTDA, seshanba, Dafn, kuni, Abdulla, Oripov

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги