0

9—11 iyun kunlari kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Ob - havoдата: 26.06.2019
«O‘zgidromet» 9—11 iyun kunlari kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9—10 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 9—11 iyunda 25-30°, 12 iyunda 30-35° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10—11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9 iyunda 15-20°, 10—12 iyunda 13-18°, kunduzi 9—11 iyunda 28-33°, 12 iyunda 30-35° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 10-12 iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10—11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 10—12 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10—11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 9 iyunda 28-33°, 10—12 iyunda 25-30° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10—11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 iyunda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 10—12 iyunda kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Теги: Ob, havo