0

4 iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Ob - havoдата: 26.06.2019
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 iyun kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–17 daraja iliq, kunduzi 28–30 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 32–37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja iliq, kunduzi 18–23 daraja issiq bo‘ladi.

Теги: havo, Ob