Главная » 26 yanvar kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`adi - 25 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi Davlatdan kirdingiz?
Всего ответов: 100
Статистика

Всего на сайте: 9
Гостей: 9
Пользователи: 0

00:10
26 yanvar kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`adi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi.

Sharqdan esayotgan  shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etadi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir, qor yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi va  kunduzi  3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan  shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgachaetadi.  Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi.  Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan  shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi.  Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15  daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir, qor yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Категория: Uzb News | Просмотров: 627 | Добавил: Admin | Теги: 26 yanvar kuni Ozbekistonning ayrim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: