0

2020 yilda Isroil Madrimovning shov-shuvli jangi bo‘ladimi?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 18.11.2019
Ayni vaqtda yurtimizda bo‘lib turgan, professional boksda davomli g‘alabalarga erishayotgan Isroil Madrimovga bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.

2020 yilda katta shov-shuvga sabab bo‘ladigan jangi kim bilan o‘tkazilishi mumkinligiga munosabat bildirdi:
“Aniq bir narsa deya olmayman. Menimcha, chempionlik uchun bo‘ladigan jang muxlislarning ko‘proq e’tiborini tortsa kerak. Muxlislar hamda xalqimizning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun hamisha hal qiluvchi ahamiyatga ega”.

Sportdagi g‘alabalari haqida gapirganda esa, tinimsiz mehnatlari sabachiligini ta’kidladi...
“Har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, tartibli bo‘lish va mehnat yaxshi natija sari yetaklaydi. Muvafaqiyatlarimizda, ayniqsa, murabbiylarning o‘rni katta”.

“Rossiyada bo‘lib o‘tgan bu yilgi JChda ishtirok etmaganimning sababi Gamburgdagi avvalgi chempionat natijalariga bog‘liq emas. Professional boksdagi faoliyatimga ko‘proq ahamiyat berganim tufayli qatnasha olmadim” - deya, Madrimov ushbu mavzudagi savolimizga javob berdi.

Теги: sport, kunlik, YANGILIKLARI