0

2019 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 21.05.2019
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2019 yil (hijriy 1440 yil) uchun zakot nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 200 000 (ikki yuz ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, zakot nisobi 85 (sakson besh) gramm tillo, ya’ni 17 000 000 (o‘n yetti million) so‘m deb belgilangani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 425 000 (to‘rt yuz yigirma besh ming) so‘mni zakot niyatida chiqarilishi haqidagi xulosasi ma’qullandi.

Ma’lumki, fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan to‘rt narsadan chiqariladi. Ular bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammdir.

Shunga ko‘ra, bu yilgi fitr sadaqasining miqdori Toshkent shahar bozorlaridagi narxga ko‘ra:

≈ 2 kilogramm bug‘doydan 6 000 (olti ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm arpadan 10 000 (o‘n ming) so‘m;
≈ 2 kilogramm mayizdan 70 000 (yetmish ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm xurmodan 100 000 (yuz ming) so‘m bo‘ladi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.
Bu yilgi fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 15 000 (o‘n besh ming) so‘m, deb belgilandi.

Теги: Yurtimizda