1 OKTYABR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 22-24 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja issiq bo`ladi.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 511 | Добавил: Admin | Теги: 1 OKTYABR KUNI OZBEKISTONDA
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться