O'zingizni ehtiyot qiling!

Ko'zlar hali ko'rib turganda,
Yurak hali urib turganda,
Oyog'ingiz yurib turganda,
O'zingizni ehtiyot qiling!

Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang.
Sokin yashang, osuda yashang,
O'zingizni ehtiyot qiling!

Tortishuvda bir so'zdan qolib,
Noxush gapni hazilga olib,
Dil ozorni xudoga solib,
O'zingizni ehtiyot qiling!
www.UZBEKONA.uz - Saytidan olindi!

Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 289 | Добавил: Active | Теги: qiling!, ehtiyot, O'zingizni
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться