Nega seni unutdim?

Sen haqingda juda uzoq òyladim
Òyimga yetolmay qon bòlar bağrim
Sevgi shaxriga men yetolmay qoldim
Ayt Azizim Nega seni unutdim?

Yòlimga gullar sochding òsha kun
Bòynimga tumor taqding òsha tun
Senga zor kòzlarim bugun
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Qalbimdan bahor ketib xazonda qoldim
Quyoshni yòlin tòsib olovda yondim
Azoblar tugarmikan bir kuni jonim
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Mana tugar bòldi bahor fasli ham
Yuragimni esa toshdek bosar ğam
Qara jonim,qara kòzlarimda nam
Ayt Azizim seni nega unutdim?

Eslaysanmi òshal yoshlik choğlarni
Gòzal xiyobon -u adir boğlarni
Unutmadim qalbimdagi doğlarni
Ayt Azizim seni qanday unutdim?

Sohta oshiqlarga qoldimi kunim
Ajratolmay qoldim dòstim,dushman kim
Dilnoz aytar "Qani kechagi baxtim "
Ayt Azizim seni nega unutdim???

Yosh ijodkor
Dilnoza Xudarganova
www.UZBEKONA.uz - Saytidan olindi!

Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека | Просмотров: 75 | Добавил: Admin | Теги: Seni, unutdim?, nega
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

Загрузка...
Загрузка...