Главная » Mang'itim (Xudoyberdi To'ychiyev) - 3 Ноября 2018 - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI YANGI - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 80
Статистика

Всего на сайте: 23
Гостей: 23
Пользователи: 0

19:43
Mang'itim (Xudoyberdi To'ychiyev)
Mang'itim (Xudoyberdi To'ychiyev)

Har kim kindik qoni, to'kilgan joyi,
Unga mo'tabardur, tug'ilgan joyi
Mening ham qalbimda o'zingsan doim
Jonajon qishlog'im mang'itim mening,
Onajon qishlog'im mening mang'itim.

Ilk bor ko'zim nuri guvohi bo'lgan,
Senga tushgan parcha tuprog'ing aziz;
Qalbimni yashnatgan, ijod baxsh etgan,
Jonajon qishlog'im mang'itim mening,
Onajon qishlog'im mening mang'itim.

Kamol topdim senla, bir nihol bo'lib,
Sendan yiroqlarda qoldim sog'inib;
Ishonching oqlayin, men o'g'il bo'lib,
Jonajon qishlog'im mang'itim mening,
Onajon qishlog'im mening mang'itim.

Hali qaytaman men, bag'ringga yana,
Nomingni dunyoga baralla aytib,
Madhingni sher ela, kuy qo'shiq etib,
Jonajon qishlog'im mang'itim mening,
Onajon qishlog'im mening mang'itim.

Oy-u hafta bir kun, uyga kelsam ham,
Bir kun diydoriga to'ymay qolaman;
Bir soniya kabi, bir sutka qadri,
Jonajon qishlog'im mang'itim mening,
Onajon qishlog'im mening mang'itim.

Shunday ekan bildim makonning qadri,
Ovutolmas ekan hatto qir-adri,
o'zga elning shoxi bo'lsam ham, dardim,
jonajon qishlog'im, mening mang'itim,
onajon qishlog'im, mang'itim mening.

Xudoyberdi To'ychiyev
Просмотров: 44 | Добавил: sheruzb | Рейтинг: 0.0/0