Главная » Laylak Qor Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi Laylak qor Meni esimga tushdi ul bevafo go'zal yor Xo'p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar - 12 Марта 2017 - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI YANGI - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 80
Статистика

Всего на сайте: 29
Гостей: 29
Пользователи: 0

16:10
Laylak Qor Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi Laylak qor Meni esimga tushdi ul bevafo go'zal yor Xo'p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar
Laylak Qor Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi Laylak qor Meni esimga tushdi ul bevafo go'zal yor Xo'p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar Masrur edim baxtimdan shirin tush ko'rib tunlar Laylak qor yoqqanida uni ilk bor ko'rgandim Ko'rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim O'tirardi qarshimda shiringina jilmayib Qor shu onda atayin yog'ar edi kuchayib Men xech ko'z uzolmadim betakror ko'zlaridan Maftun bo'lib qolgandim samimiy so'zlaridan U juda Dilbar edi kulib turardi yuzi Kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi Ilk muhabbatim edi ul bevafo go'zal yor Uchratkandim men uni yoqqanida Laylak qor... Samimiy suhbatidan zavq olardim bir jaxon Uchratmagandim avval bundayin shirin zabon Qo'l ushlashib yurardik bog'lar aro ikkimiz Xayolimda bir umr buzilmasdi sevgimiz Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go'zal yor Tanishkandim u bilan yoqqanida Laylak qor... Ko'zimizga tikilib tinmay suhbat qurardik Yoz oylari qirg'oqdan chig'anoqlar terardik Axdu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan Qasamxam ichgan edik oppoq nafis qor bilan Tunlari uxlamasdan o'ylab chiqardim uni U aslo sevmas ekan sezmas ekanman buni Afsus meni tark etdi Ul bevafo go'zal yor Sevgan edim men uni yoqqanida Laylak qor... Ko'rdim boshqasi bilan yurardi bavafo yor Samodan esa tinmay yog'ar edi Laylak qor Xotiralarni qo'zg'ab yana yog'di Laylak qor Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi Osmondan biram go'zal Laylak qor yog'ar edi Nogox nigohim tushdi ul bevafo go'zalga Negadir xarakati o'xshardi telbalarga Jinni bo'lib qolganmi deb o'yladim men uni Surishtirib so'ng bildim xaqiqatligin buni Aqldan ozgan edi ul bevafo go'zal yor Shundaxam esa tinmay yog'ar edi Laylak qor... So'ng biroz vaqtlar o'tdi balki oylar, balki yil Bir fojiya bo'lgandi aytolmaydi buni til Eshitdimu yig'ladim kelmas edi ishongim Xar qancha bo'lganda xam men uni sevar edim Olamdan o'tgan edi ul bevafo go'zal yor Doyimgidek samodan yog'ar edi Laylak qor... Bevafo bo'lsada u yashab yursa bo'lardi Xayotda baxtli yursa ko'nglim nurga to'lardi Qalbim tig'langan edi endichi nima bo'ldi O'n gulidan bir guli ochilmaganim so'ldi So'nggi vaqtda negadir ko'proq yolg'iz yurarkan Laylak qor yoqqanida to'yib to'yib yig'larkan Yoz oylarixam yolg'iz dengizlarga borarkan Qirg'oqlardan erinmay chig'anoqlar terarkan Avvalgidek shirinmas ekan uning so'zlari Mayus tortib qolibdi xatto xumor ko'zlari Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi Tig'ni olib qo'liga tomirlarin tilibdi Yiqilibdi shu onda ul bevafo go'zal yor Qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan qor Bevafoyim go'zalim nega meni tark etding Bechora oshig'ingni sen yolg'iz tashlab ketding Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo'lsangda Unutolmayman seni gar marxuma bo'lsangda Huzuringga borgandim ey bevafo go'zal yor Qabring ustiga tinmay yog'ar edi Laylak qor... O'ksib o'ksib yig'ladim bag'ring bosib bag'rimga Bevafo bo'lsangda sen yetar eding qadrimga Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma Laylak qor... O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi Quvonch baxshida etar ushbu fasl maftunkor Menchi g'arib qabringga ko'z tikaman umidvor Qabring ustida jonim lola bo'lib ochilsang Asta asta uzilib men tomonga sochilsang Nega qaldirg'och bo'lib in qurmaysan uyimga Qanoting qoqib maxzun bo'y urmaysan bo'yimga Xech bo'lmasa samodan ko'z tikmaysan men tomon Tushlarimga xam kirmay rangim aylading samon Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni Bog'da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni Seni eslatib turar xatto ona tabiat O'ylayman go'yo senga yaralgandek muhabbat Kuz boshlanar to'stadan qalbim sarg'ayib qolar Barg o'rniga orzular bitta bitta to'kilar Xazondek rang kasb etgan mening xasta yuragim Tezroq yoninga borish mening yolg'iz istagim So'ramayman kerakmas yonib turgan yulduzlar Mayli muhimxam emas xatto kecha kunduzlar Qaniydi porlab tursa mangu yumuq ko'zlaring O'zim ko'rib tursaydim xar bir bosgan izlaring Sen bilan nafas olsam bu musaffo xavodan Seni tortib olsaydim shavqatsiz bu samodan Qor yog'adi maydalab qabringustiga jonim Azob bo'lar bu tarzda xar bir o'tkazgan onim Sovqattimi jonginam nozikkina qo'llaring Naxot endi ko'rmaysan qor to'shalgan yo'llaring Shu qabr ichra erkam men yotsam bo'lmasmidi Gar xayot bo'lsang ekkan gullaring so'lmasmidi Xa bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so'lgan Sening yo'qliging bilgach ular xam tamom bo'lgan Sensiz go'zalim gulim tinmay yig'lar bu yurak Bunday g'am chekib yashash ayginchi kimga kerak Go'yo tirik murdadir qiyofam xozir mening Qanchalar ko'rgim kelar charos ko'zlaring sening Yashayapman yuzimda sohta tabassum bilan Qalb to'la zardobligin faqat o'zim bilaman Qaniydi imkon bo'lsa sen tomonga uchardim Ushlab olib qo'lingdan keyin maxkam quchardim Xechkimga bermas edim ushlab olsam qo'lingdan Qo'yib yubormas edim o'shal nozik belingdan Ammo qachon keladi men kutgan o'sha laxza Xardam umid qilaman bo'lar deb bir mo'jiza Yodimdadir azizam biz yurib o'tgan yo'llar Qirg'oqlarda chopib biz sayr etgan ko'llar Xar doyimgidek yana o'rik qiyg'oz gullaydi Kapalaklar parvona atrofida bo'ylaydi Sezib turaman guldan ari asal yig'adi Biroq tinmayin yurak o'ksib o'ksib yig'laydi Tuyilaverar menga kamdek kimdir nimadir Bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir Mayli azizam endi alvido deyman senga Baribir yolvorsamda xechxam qaytmaysan menga O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar kelishdi Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi Afsuski armon senga o'rikning qiyg'oz guli Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma Laylak qor O'tinaman jon Laylak qor xotiralarimni qo'zg'atib Menga uni eslatma ortiq qiynalishni xoxlamayman...
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 481 | Добавил: Active | Теги: qor, yog'ib, meni, berdi, Laylak, qo'zg'ab, esimga, Xotiralarni | Рейтинг: 0.0/0