Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 50
Статистика

Всего на сайте: 25
Гостей: 25
Пользователи: 0

16:09
Burkanibsan oq libosga, Yarashibdi qalamqosh. Lekin nega közlaringda, Jilvalanar halqa yosh? Gul bandidek barmog'ingga, Tilla uzuk taqi
Burkanibsan oq libosga, Yarashibdi qalamqosh. Lekin nega közlaringda, Jilvalanar halqa yosh? Gul bandidek barmog'ingga, Tilla uzuk taqilgan. Nima uchun qarog'ingga Alam öti yoqilgan? Meni unut, taqdir ekan, Yengolmadim qismatni. Köz-köz qilma özgalarga Qalbingdagi hasratni. Yonginangda kuyov töra, Alpomishdek savlati. Sen qizniya olib ketdi Otasining davlati. Qancha orzu qilgan edik, Böldi barisi sarob. Endi senga köz yosh qoldi, Menga bir qoldi sharob. Buni umr savdo derlar, Peshonangda bor ekan. Xafa bölma kuyov bola Senga loyiq yor ekan. Sevgimizni tushunmasdan Ayirdilar nachora. Qanday baxtli edik bizlar, Endi qoldik be chora. Qara, hamma raqs tushmoqda, Özlaricha qilar töy. Bu bayramdan baxtli kim-u, Kim afsusga böldi boy? Qöy yig'lama, senga juda Yarashibdi oq libos. Qani endi tabassuming Libosinga tushsin mos. Quyi egma boshingni hech, Yig'lamagin har damda. Eh sevgilim kechir meni, Turolmadim va'damda.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 409 | Добавил: Active | Теги: Jilvalanar, lekin, Oq, libosga, halqa, nega, Burkanibsan, qalamqosh., közlaringda, Yarashibdi | Рейтинг: 0.0/0