Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 50
Статистика

Всего на сайте: 25
Гостей: 25
Пользователи: 0

15:58
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Fayzidan xonadon orasta bo`lar,
O`smalar qoshiga payvasta bo`lar.
Gullar qo`llarida guldasta bo`lar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Vafodor yoriga sadoqati bisyordir,
Kimlar unga yor, kimlardir ag`yordir.
U shunday oqila, shundayin yordir,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Kimlar ko`nglin olib qadriga yetar,
Kimlardir xor qilib tashlab ham ketar.
Farishtalar unga savoblar bitar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Allomalar atab g`azallar bitgan,
Sevganlar qo`liga gullarin tutgan.
Ne - ne daholar ham yetolmay o`tgan,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 516 | Добавил: Active | Теги: Bu, Ayoli, ozbek, onasi. | Рейтинг: 0.0/0