Главная » Ayolga baxt bering, saodat bering - 12 Марта 2017 - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI YANGI - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 31
Статистика

Всего на сайте: 24
Гостей: 24
Пользователи: 0

15:57
Ayolga baxt bering, saodat bering
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o'lishi mumkin
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering
Gar ko'zlari kulib tursada,
Bo'g'zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada.

Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda
Qo'lini silashga sharofat toping.
Yig'lab turganida hech bo'lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli,
Bosib o'tmaslikka shafoat toping.
Ayolga baxt bering , saodat bering
Tog' qimirlab, toshlar so'zga kirsada,
Ayolga baxt bering, saodat bering
Oltmishga kirsada, yuzga kirsada!
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 700 | Добавил: Active | Теги: saodat, Ayolga, bering, Baxt | Рейтинг: 0.0/0