Главная » 1-mart Tong - 8 Марта 2017 - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI YANGI - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Uzbekona.uz portali yanada ommalashishi uchun qanday yo'l tutgan ma'qul?
Всего ответов: 30
Статистика

Всего на сайте: 24
Гостей: 24
Пользователи: 0

02:10
1-mart Tong
Tur o‘rningdan-chekinsin uzlat, 
Yuzingni yuv uyqungni ochib.
Ko‘zguga boq, sochingni tuzat, 
Uy kiyiming tashlagin yechib.

Egningga il yashil ko‘ylaging, 
Bo‘yningga os munchoqlaringni.
Unutmagin tag‘in qo‘llaring, 
Bo‘yab olgin tirnoqlaringni.

Qosh-ko‘zingda qanaqa bo‘yoq
Ko‘rkam turar o‘zing bilasan, 
Restoranga borayotgan chog‘
Ahir qanday pardoz qilasan, 

Xuddi shunday bo‘lsin ziynating-
Kam bo‘lmasin ko‘rinishingda, 
Kulgularing aslo tiymagin-
Nurlar sachrab tursin tishingda, 

Oyog‘ingga libosingga mos
Zangor tufli kiyib ol. Biram
Senga yarashadi bu-bexos
Qorong‘uda qolib ketsang ham

Mana, endi tashqariga chiq, 
Ikkilanib qarama ortga.
Hamma seni kutyapti intiq, 
Bahor kerak axir hayotga!
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 414 | Добавил: Active | Теги: 1-mart Tong | Рейтинг: 0.0/0